Ommaviy oferta

OMMAVIY OFERTA

“DI SPORT BASHORATLAR CHEMPIONATI” rag‘batlantiruvchi aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-370-moddalariga muvofiq ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – Oferta) hisoblanadi hamda “DI SPORT BASHORATLAR CHEMPIONATI” rag‘batlantiruvchi aksiyasida ishtirok etish shartlarini belgilaydi.

1.2. Aksiya tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi, Toshkent sh., 100000, Yunusobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 60-uy manzilida joylashgan “MEGASHOP” MChJ QK (STIR 305560391) yuridik shaxsidir.

1.3. DI sport do‘konlar tarmog‘ida o‘tkaziladigan “DI SPORT BASHORATLAR CHEMPIONATI” aksiyasi (keyingi o‘rinlarda – Aksiya) iste’molchilar faolligini oshirish, savdoni rag‘batlantirish, mijozlarni jalb etish va brendga nisbatan sadoqatni kuchaytirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi tadbirdir. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa biror o‘yin hisoblanmaydi, Aksiya ishtirokchilari unda qatnashish bilan bog‘liq mulkiy tavakkalchilikni o‘z zimmalariga olmaydilar. Aksiya ishtirokchisi tomonidan Oferta shartlarida ko‘rsatilgan, Aksiya bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq harakatlarning amalga oshirilishi uning Ofertaning barcha shartlarini to‘liq qabul qilganini bildiradi.

1.4. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriydir.

1.5. Atamalar:

·        Ishtirokchi — mazkur Ofertaning 4-bo‘limida belgilangan shartlarga javob beradigan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.

·         Aksept — 4-bo‘limda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish orqali Oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi.

·         Sovrin — mazkur Ofertada ko‘rsatilgan tovar, sertifikat, vaucher, chegirma, bonus yoki boshqa sovg‘a.

·         Sayt / ro‘yxatdan o‘tish shakli / QR-shakl — Ishtirokchi Aksiya shartlariga qo‘shiladigan kanal.

2. OFERTANI AKSEPTLASH

2.1. Ishtirokchining Aksiyada qatnashishga qaratilgan harakatlari, jumladan xaridni amalga oshirishi, chekni ro‘yxatdan o‘tkazishi, SMS-avtorizatsiyadan o‘tishi va taxminlarini yuborishi ushbu Ofertaning aksepti deb tan olinadi.

2.2. Ishtirokchi yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirgan paytdan e’tiboran Oferta shartlarini to‘liq hajmda qabul qilgan hisoblanadi.

3. O‘TKAZILISH MUDDATLARI VA HUDUDI

3.1. Aksiya Di Sport do‘konlar tarmog‘ida, shu jumladan Tashkilotchining internet-do‘konida o‘tkaziladi. Aksiyada ishtirok etish, jumladan ro‘yxatdan o‘tish va taxminlarni yuborish faqat tarmoqning quyidagi sayti orqali amalga oshiriladi: https://di-sport.uz

3.2. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi

3.3. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 2026-yil 10-iyundan 2026-yil 19-iyulgacha.

3.4. Aksiya yakunlarini sarhisob qilish va g‘oliblarni e’lon qilish muddati: 2026-yil 20-iyul.

3.5. Aksiya shartlariga mos keladigan xaridlarni amalga oshirish muddati: 2026-yil 1-iyundan 2026-yil 19-iyulgacha.

4. ISHTIROK ETISH SHARTLARI

4.1. Ofertaning 4.3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar istisno qilingan holda, 16 yoshga to‘lgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxs Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar Aksiyada o‘zlarining qonuniy vakillari roziligi bilan ishtirok etadilar.

4.2. Ishtirokni faollashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:

·        DI sport tarmog‘ining istalgan do‘konida bitta chekda 1 000 000 so‘m va undan ortiq summaga xarid qilish hamda telefon raqami va chek ma’lumotlarini bog‘lagan holda uni mijozlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish;

·        Aksiya rasmiy saytida SMS-avtorizatsiyadan o‘ting. Saytda telefon raqami orqali avtorizatsiya qilinganda, telefon raqamining chekka bog‘liqligi tekshirilgach, aksiyada qatnashish huquqi avtomatik tarzda ochiladi;

·        Taxminlarni 2026-yilning 10-iyunidan boshlab yuborish mumkin.

4.3. Quyidagilarning Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

- Aksiya o‘tkazilishi davrida Aksiya Tashkilotchisi va uning affillangan kompaniyalari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;

- Aksiya o‘tkazilishi davrida uni tashkil etish va o‘tkazishga jalb qilingan hamkor kompaniyalar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;

- Aksiya Tashkilotchisining affillangan shaxslari (ta’sischilar, aksiyadorlar, direktorlar kengashi a’zolari).

4.4. Yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish ushbu Ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilishni anglatadi.

4.5. Tashkilotchi Aksiya shartlarini bajarmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan shaxslarning ishtirokini rad etishga haqli.

5. TAXMINLARNI YUBORISH TARTIBI

5.1. Taxminlar futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlari natijalari uchun qabul qilinadi.

5.2. Taxminlarni qabul qilish har bir o‘yinning rasmiy boshlanishidan roppa-rosa 1 soat oldin to‘xtatiladi.

5.3. Taxmin yuborilgandan so‘ng unga o‘zgartirish kiritish mumkin emas.

5.4. Bir ishtirokchi faqat bitta telefon raqami va bitta mobil qurilmadan foydalana oladi.

5.5. Agar match biror sababga ko‘ra boshqa vaqtga ko‘chirilsa, matchning vaqti avtomatik tarzda o‘zgaradi va taxmin uchun ballar hisoblanadi.

5.6. Agar match har qanday sababga ko‘ra bekor qilinsa, berilgan taxmin ham bekor qilinadi va u uchun ballar hisoblanmaydi.

5.7. Tashkilotchi FIFA yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan jadvaldagi o‘zgarishlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

6. G‘OLIBLARNI ANIQLASH, BALLARNI HISOBLASH VA SOVRIN JAMG‘ARMASI

6.1. G‘oliblar to‘plangan ballarning yakuniy summasi bo‘yicha reyting (TOP-20) asosida aniqlanadi. Ballar to‘g‘ri taxmin (natija: g‘alaba / mag‘lubiyat / durang) uchun match rasman yakunlanganidan so‘ng, o‘yin kunining ertalabki soat 05:00 dan (GMT+5) boshlab avtomatik tarzda hisoblanadi. Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan (GMT+5) keyin yakunlangan o‘yinlar uchun ballar bir soat ichida hisobga kiritiladi:

Bosqich

Matchlar soni

To‘g‘ri taxmin uchun ballar

Maksimal ballar

Guruh bosqichi

72

1,3 ball

93,6

1/16 final

16

2,6 ball

41,6

1/8 final

8

3,9 ball

31,2

¼ final

4

5,2 ball

20,8

½ final

2

6,5 ball

13

3-o‘rin uchun match

1

6,5 ball

6,5

Final

1

7,8 ball

7,8

Jami

104

 

214,5

6.2. Qo‘shimcha ballar:

  • Xaridlar uchun bonuslar. Chekdagi har 1 000 000 so‘m uchun ishtirokchi umumiy reytingga +0,5 ball oladi. DI sport’ning FIFA 2026 Jahon Chempionati natijalarini prognoz qilish aksiyasi davomida xaridlar uchun beriladigan maksimal qo‘shimcha ballar soni — umumiy reytingga +10 ball;
  • Kombo-bonuslar ketma-ket to‘g‘ri taxminlar uchun:
    • Ketma-ket 2 ta to‘g‘ri taxmin uchun +0,5 ball;
    • Ketma-ket 3 ta to‘g‘ri taxmin uchun +1 ball.

6.3. Kombo-bonuslar qo‘shilmaydi: ketma-ket 2 talik seriya +0,5 ball beradi (ayni seriyadagi ketma-ket 3 talik uchun avvalgi bonus hisobga olinmagan holda).

6.4. Kombo-bonuslar o’yinlarning amaldagi tugash vaqtiga qarab navbatma-navbat hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta o’yin boshlangan taqdirda, bonuslar o‘yinlarni yakunlanish tartibida hisoblanadi.

6.5. Sovrin jamg‘armasi DI sport do‘konlar tarmog‘i:

O‘rin Sovrin
1-o'rin DI sport do‘konlarida xarid qilish uchun vaucher 10 000 000 so'm
2-o'rin DI sport do‘konlarida xarid qilish uchun vaucher 5 000 000 so'm
3-o'rin DI sport do‘konlarida xarid qilish uchun vaucher 3 000 000 so'm
4-o'rin ADIDAS FIFA World Cup 2026™ Trionda Pro to‘pi 
5-8 o'rinlar ADIDAS FIFA World Cup 2026™ Trionda League Ball to‘pi 
9-13 o'rinlar ADIDAS FIFA World Cup 2026™ Trionda Mini to‘pi 
14-20 o'rinlar DI sport merchlari (termoslar)

6.6. Aksiya natijalari, shuningdek, sovrinlarni olish joyi va vaqti to‘g‘risida g‘oliblar natijalar sarhisob qilinganidan so‘ng 3 ish kuni ichida shaxsiy kabinet orqali hamda ro‘yxatdan o‘tishda Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS-xabarnoma yuborish yo‘li bilan xabardor qilinadi. G‘oliblar ko‘rsatilgan ochiq reyting saytda onlayn tarzda e’lon qilinadi.

6.7. Sovrinni olish uchun pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etish zarur. Tashkilotchi sovrinni topshirishdan oldin Aksiya shartlariga rioya etilganini tekshirish huquqiga ega.

6.8. G‘olib xabardor qilingan kundan e’tiboran 30 kun ichida talab qilib olinmagan sovrin bekor qilinadi.

6.9. Toshkent shahrida yashovchi g‘oliblar, agar Tashkilotchi tomonidan boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, Sovrinni Tashkilotchi ko‘rsatgan joydan mustaqil ravishda olib ketadilar. Sovrinni olish joyiga yetib kelish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

6.10. Toshkent shahridan tashqarida yashovchi g‘oliblar, agar Tashkilotchi tomonidan boshqa holat belgilanmagan bo‘lsa, Sovrinni Tashkilotchi belgilagan usulda, jumladan, o‘zi olib ketish yoki yetkazib berish orqali oladilar.

7. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

7.1. Ishtirokchi ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishga va Aksiya shartlariga rioya qilishga majburdir.

7.2. Tashkilotchi Aksiyani mazkur Ofertaga muvofiq o‘tkazishga hamda g‘oliblar Aksiya shartlarini bajargan taqdirda ularga sovrinlarni topshirishga majburdir.

7.3. Tashkilotchi Aksiyani faqat mazkur Oferta va amaldagi qonunchilikda bevosita nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘zgartirish, to‘xtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega.

8. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR

8.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi, shuningdek, o‘z ixtiyori bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab, Aksiya Tashkilotchisiga hamda u vakolat bergan shaxslarga O‘zR qonunchiligida, xususan, O‘zRning “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunida va mazkur Ofertada nazarda tutilgan holatlar va doirada Ishtirokchi taqdim etgan shaxsga doir ma’lumotlarni va boshqa axborotni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni uzatish, jumladan, transchegaraviy uzatish, ulardan foydalanish va ularni saqlash uchun rozilik beradi.

8.2. Aksiyada ishtirok etar ekan, har bir Ishtirokchi shu bilan Aksiya Tashkilotchisiga o‘zi taqdim etgan ma’lumotlar va shaxsiy ma’lumotlardan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatini amalga oshirish maqsadlarida foydalanishiga o‘z roziligini tasdiqlaydi, xususan:

- Ishtirokchining ismi, familiyasi, fotosuratlari, intervyulari yoki u haqidagi boshqa materiallardan reklama va/yoki marketing maqsadlarida bepul foydalanish;

- Ishtirokchining ismi va fotosuratini ommaviy axborot vositalarida, bosma nashrlarda, audio va videomateriallarda e’lon qilish;

- axborot xabarlarini, shu jumladan reklama tusidagi xabarlarni yuborish.

Bunday foydalanishga hudud, muddat va usullar bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz yo‘l qo‘yiladi va uning uchun Aksiya Tashkilotchisi tomonidan hech qanday tovon to‘lanmaydi.

9. FORS-MAJOR (YENGIB BO‘LMAS KUCH HOLATLARI)

9.1. Tashkilotchi yengib bo‘lmas kuch holatlari: tabiiy ofatlar, FIFA tarafidagi texnik nosozliklar, davlat organlarining xatti-harakatlari va Tashkilotchi nazoratida bo‘lmagan boshqa hodisalar tufayli Aksiyani o‘tkazish yoki ballarni hisoblash imkonsiz bo‘lib qolgani uchun javobgar emas.

9.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi ishtirokchilarni rasmiy manbalar (DI sport veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari) orqali xabardor qilgan holda, Aksiyani to‘xtatib turish, o‘zgartirish yoki muddatidan oldin yakunlash huquqiga ega.

9.3. Yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelganda, Tashkilotchi Aksiyaning o‘tkazilish joyida va/yoki ijtimoiy tarmoqlarda axborot joylashtirish orqali Ishtirokchilarni majburiy tartibda xabardor qilgan holda, Aksiya muddatlarini ko‘chirish, uni o‘tkazish tartibini o‘zgartirish, o‘tkazish shaklini boshqasiga almashtirish yoxud Aksiyani muddatidan oldin tugatish huquqiga ega.

9.4. Bekor qilingan o‘yinlar hisobdan chiqariladi.

10. YAKUNIY QOIDALAR

10.1. Mazkur Oferta e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Aksiya yakunlanguniga qadar amal qiladi.

10.2. Mazkur Oferta bilan tartibga solinmagan barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladilar.

10.3. E’tirozlar va nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.