Aksiya qoidalari

"DI SPORT BASHORATLAR CHEMPIONATI" AKSIYASINI O'TKAZISH VA UNDA ISHTIROK ETISH QOIDALARI

1. UMUMIY QOIDALARI

1.1. DI sport do‘konlar tarmog‘ida o‘tkaziladigan “DI-SPORT BASHORATLAR CHEMPIONATI” aksiyasi (Aksiya) iste’molchilar faolligini oshirish, savdoni rag‘batlantirish, mijozlarni jalb etish va brendga nisbatan sadoqatni kuchaytirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi tadbirdir. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa bir o‘yin hisoblanmaydi, Aksiya ishtirokchilari unda qatnashish bilan bog‘liq mulkiy tavakkalchilikni o‘z zimmalariga olmaydilar. Aksiya ishtirokchisining ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan, Aksiya bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq harakatlarni amalga oshirishi uning mazkur Qoidalarning barcha shartlarini to‘liq qabul qilganini anglatadi.

1.2. Aksiyaning tashkilotchisi - “MEGASHOP” MCHJ QK (STIR 305560391), O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs bo‘lib, quyidagi manzilda joylashgan: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60-uy.

1.3. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 2026-yil 10-iyundan 2026-yil 19-iyulgacha.

1.4. Aksiya yakunlarini sarhisob qilish va g‘oliblarni e’lon qilish sanasi: 2026-yil 20-iyul.

1.5. Aksiya shartlariga mos keladigan xaridlarni amalga oshirish muddati: 2026-yil 1-iyundan 2026-yil 19-iyulgacha.

1.6. Aksiya O'zbekiston Respublikasi hududida, DI sport do'konlar tarmog'ida o'tkaziladi.

2. ISHTIROK ETISH QOIDALAR

2.1. Mazkur Qoidalarning 2.3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar istisno qilingan holda, 18 yoshga to‘lgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxs Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Aksiyada 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar ham ishtirok etishi mumkin. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar Aksiyada o‘z qonuniy vakillarining roziligi bilan ishtirok etadi.

2.2. Ishtirokni faollashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • DI SPORT tarmog‘ining istalgan do‘konidan bir chekda 1 000 000 so‘m va undan ortiq summaga xarid qilib, telefon raqami va chek ma’lumotlarini bog‘lagan holda uni mijozlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • Aksiyaning rasmiy veb-saytida SMS-avtorizatsiyadan o‘tish. Saytda telefon raqami orqali ro’yxatdan o‘tilganda, telefon raqamining chekka bog‘langanligi tekshirilgach, o‘yinda qatnashish imkoniyati avtomatik tarzda ochiladi;

  • Prognozlarni yuborish 2026-yilning 10-iyunidan boshlab mumkin bo‘ladi.

2.3. Quyidagi shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Aksiya Tashkilotchisi va uning affillangan kompaniyalari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;
  • Aksiya o‘tkazilayotgan davrda uni tashkil etish va o‘tkazishga jalb qilingan hamkor kompaniyalar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;

  • Aksiya Tashkilotchisining affillangan shaxslari (ta’sischilar, aksiyadorlar, direktorlar kengashi a’zolari) hamda ularning yaqin qarindoshlari.

3. PROGNOZLARNI TAQDIM ETISH QOIDALARI

3.1. Taxminlar futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlari natijalari uchun qabul qilinadi.

3.2. Prognozlarni qabul qilish har bir o‘yinning rasmiy boshlanishidan roppa-rosa 1 soat oldin to‘xtatiladi.

3.3. Prognoz yuborilgandan so‘ng unga o‘zgartirish kiritish mumkin emas.

3.4. Bitta ishtirokchi faqat bitta telefon raqami va bitta mobil qurilmadan foydalana oladi.

3.5. Agar o‘yin har qanday sababga ko‘ra boshqa vaqtga ko‘chirilsa, o‘yin vaqti avtomatik tarzda o‘zgaradi va taxmin uchun ballar hisoblanadi.

3.6. Agar o‘yin har qanday sababga ko‘ra bekor qilinsa, qilingan taxmin ham bekor qilinadi va buning uchun.

3.7. Tashkilotchi FIFA yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan jadvaldagi o‘zgarishlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

4. СИСТЕМА НАЧИСЛЕНИЯ БАЛЛОВ

4.1. Aksiya faqat onlayn tarzda, DI sport do‘konining saytida o‘tkaziladi.

4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada qatnashish tartibi, Aksiya shartlari hamda ulardagi har qanday o‘zgarishlar, qo‘shimchalar yoki Aksiyaning bekor qilinishi to‘g‘risida xabardor qilish, Aksiya o‘tkaziladigan joyda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda va/yoki tashkilotchi tomonidan belgilanadigan boshqa aloqa kanallarida ma’lumot joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

5. BALLARNI HISOBLASH TIZIMI

5.1. Ballar joriy kunning ertalabki soat 5:00 dan boshlab, o‘yin rasman yakunlanganidan so‘ng to‘g‘ri taxmin (natija: g‘alaba / mag‘lubiyat / durang) uchun avtomatik tarzda hisoblanadi. O‘yinlar yakunlanganidan so‘ng, o‘sha kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da (GMT+5) ballar hisoblanadi. Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan (GMT+5) keyin yakunlangan o‘yinlar uchun ballar bir soat ichida kiritiladi.

Bosqich O‘yinlar soni To‘g‘ri taxmin uchun ballar Maksimal ballar
Guruh bosqichi 72 1.3 ball 93.6
1/16 final 16 2.6 ball 41.6
1/8 final 8 3.9 ball 31.2
1/4 final 4 5.2 ball 20.8
1/2 final 2 6.5 ball 12
3-o'rin uchun o'yin 1 6.5 ball 6.5
Final 1 7.8 ball 7.8
Jami 104   214.5

5.2. Qo‘shimcha ballar

  • Xaridlar uchun bonuslar. Chekdagi har 1 000 000 so‘m uchun ishtirokchi umumiy reytingga +0,5 ball oladi. DI sport’ning FIFA 2026 Jahon Chempionati natijalarini prognoz qilish aksiyasi davomida xaridlar uchun beriladigan maksimal qo‘shimcha ballar soni — umumiy reytingga +10 ball.
  • Kombo-bonuslar ketma-ket to‘g‘ri taxminlar uchun:
    • Ketma-ket 2 ta to‘g‘ri taxmin uchun +0,5 ball;
    • Ketma-ket 3 ta to‘g‘ri taxmin uchun +1 ball.

5.3. Kombo-bonuslar qo‘shilmaydi: ketma-ket 2 talik seriya +0,5 ball beradi (ayni seriyadagi ketma-ket 3 talik uchun avvalgi bonus hisobga olinmagan holda).

5.4. Kombo-bonuslar FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan dastlabki o‘yinlar jadvaliga muvofiq ketma-ket tartibda hisoblanadi. O‘yinlarning amalda boshlanish yoki yakunlanish vaqti, shuningdek bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yin o‘tkazilishi kombo-bonuslarni hisoblash ketma-ketligiga ta’sir qilmaydi.

6. G‘OLIBLARNI ANIQLASH VA SOVRIN JAMG‘ARMASI

6.1. G‘oliblar to‘plangan ballarning umumiy yig‘indisi bo‘yicha reyting (TOP-20) asosida aniqlanadi.

6.2. Sovrin jamg‘armasi DI sport do‘konlar tarmog‘i:

O‘rin Sovrin
1-o'rin DI sport do‘konlarida xarid qilish uchun vaucher 10 000 000 so'm
2-o'rin DI sport do‘konlarida xarid qilish uchun vaucher 5 000 000 so'm
3-o'rin DI sport do‘konlarida xarid qilish uchun vaucher 3 000 000 so'm
4-o'rin ADIDAS FIFA World Cup 2026™ Trionda Pro to‘pi 
5-8 o'rinlar ADIDAS FIFA World Cup 2026™ Trionda League Ball to‘pi 
9-13 o'rinlar ADIDAS FIFA World Cup 2026™ Trionda Mini to‘pi 
14-20 o'rinlar DI sport merchlari (termoslar)

7. SOVRINLARNI OLISH TARTIBI 

7.1. Aksiya natijalari, shuningdek, sovrinlarni olish joyi va vaqti to‘g‘risida G‘oliblar yakunlar sarhisob qilinganidan keyin 3 ish kuni ichida shaxsiy kabinet orqali hamda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborish yo‘li bilan xabardor qilinadi. G‘oliblar bilan ochiq reyting saytda onlayn tarzda e’lon qilinadi.

7.2. Sovrinni olish uchun pasport (ID-karta) asl nusxasini ko‘rsatish kerak.

7.3. Vaucherlar pul ekvivalentiga almashtirib berilmaydi.

7.4. G‘olib xabardor qilingan paytdan e’tiboran 30 kun ichida talab qilib olinmagan sovrin mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda bekor qilinadi.

7.5. Agar Tashkilotchi tomonidan boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Toshkent shahrida yashovchi g‘oliblar Sovrinni Tashkilotchi ko‘rsatgan joydan mustaqil ravishda olib ketadilar. Sovrinni olish joyiga borish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

7.6. Toshkent shahridan tashqarida yashovchi g‘oliblar, agar Tashkilotchi tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, Sovrinni Tashkilotchi belgilagan usulda, jumladan, o‘zlari olib ketish yoki yetkazib berish xizmati orqali qabul qiladilar.

8. YENGIB BO‘LMAS KUCH (FORS-MAJOR) HOLATLARI

8.1. Tashkilotchi yengib bo‘lmas kuch holatlari, ya’ni tabiiy ofatlar, FIFA tarafidagi texnik nosozliklar, davlat organlarining harakatlari va o‘z nazoratidan tashqaridagi boshqa hodisalar yuzaga kelgan taqdirda, Aksiyani o‘tkaza olmaslik yoki ballarni hisoblab yozmaslik uchun javobgar bo‘lmaydi.

8.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi rasmiy kanallar (DI sport sayti va ijtimoiy tarmoqlari) orqali ishtirokchilarni xabardor qilgan holda, Aksiyani to‘xtatib turish, o‘zgartirish yoki muddatidan oldin yakunlash huquqiga ega.

8.3. Bekor qilingan o‘yinlar hisobdan chiqariladi.

9. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR

9.1. Ishtirokchi Aksiyada qatnashar ekan, aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi, shuningdek, o‘z ixtiyori bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab, Aksiya Tashkilotchisiga hamda u vakolat bergan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlar va hajmda o‘zi taqdim etgan shaxsga doir ma’lumotlarni hamda boshqa axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish (shu jumladan, transchegaraviy uzatish), foydalanish va saqlash uchun rozilik beradi.

9.2. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi Aksiya Tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va shaxsga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatini amalga oshirish maqsadlarida foydalanishiga o‘z roziligini tasdiqlaydi, jumladan:

  • uning ismi, familiyasi, fotosuratlari, intervyulari yoki Ishtirokchi haqidagi boshqa materiallardan reklama va/yoki marketing maqsadlarida bepul foydalanish;
  • Ishtirokchining ismi va fotosuratini OAVda, bosma nashrlarda, audio va videomateriallarda e’lon qilish;
  • axborot xabarlarini, shu jumladan reklama tusidagi xabarlarni yuborish.
    Bunday foydalanishga hudud, foydalanish muddati va usullari bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz ruxsat etiladi hamda Aksiya tashkilotchisi tomonidan qoplanmaydi.